[Вступление]: | | |
[Куплет]:(2 раза)
Men o`zimni sevaman, menga o`zim yoqadi.
Endi menga baribir, kim qanaqa boqadi.
To`nim kalta va lekin yo`qdan ko`ra shukr bor,
Bu dunyoda hech odam emas mendek baxtiyor.
[Припев]:
Gap eshitsam jilmayib, kaltak yesam kulaman.
Chap yuzimga urishsa, o`ngin tutib turaman.
Gap eshitsam jilmayib, kaltak yesam kulaman.
Chap yuzimga urishsa, o`ngin tutib turaman.
Yurak degan qabrga armonimni ko`mganman
Va ustida bolamga o`yin tushib berganman.
Yurak degan qabrga armonimni ko`mganman
Va ustida bolamga o`yin tushib berganman.
[Проигрыш]: | | |
[Куплет]:(2 раза)
Har tong qarab oynaga,deyman "mening g`amim yo`q".
Men sog`lomman, men zo`rman,tashvishim yo`q, kamim yo`q
G`animlarim bor, lekin men ulardan qarz emas.
Hech qaysisi jonimni tikishimga arzimas.
[Припев]:
Homush bo`lar ba`zilar sochin oqin sanashib,
Menga esa turibdi, ajinlar ham yarashib.
Homush bo`lar ba`zilar sochin oqin sanashib,
Menga esa turibdi, ajinlar ham yarashib.
Tikan tikan, gul terdim har narsa o`z holicha.
Azizlarim, dunyoni -qabul qiling boricha.
Tikan tikan, gul terdim har narsa o`z holicha.
Azizlarim, dunyoni -qabul qiling boricha.
[Проигрыш]: | | |
[Куплет]:(2 раза)
Oson yashay desangiz,maslahatim olvoling:
O`zingizni ozgina jinnilikka solvoling.
Yashashga emas bizni,imtixonga tashlabdur.
Pirim o`sha kovushsiz,devona-i Mashrabdur.
[Припев]:
Ko`ylagimni so`rashsa,to`nimni ham beraman.
Tikanlarning ichidan gullolalar teraman.
Ko`ylagimni so`rashsa,to`nimni ham beraman.
Tikanlarning ichidan gullolalar teraman.
G`am so`zidan o`zimga shodlik so`zin yasayman
Men shunaqa, o`zimni hursand qilib yashayman.
G`am so`zidan o`zimga shodlik so`zin yasayman
Men shunaqa, o`zimni hursand qilib yashayman.
[Кода]: | | |