[Вступление]:
[Куплет]:
Dardu g’am nuratar ko’ngil to’rini,
Ko’z yoshing orttirar zamin sho’rini,
Murda topavermas ba’zan go’rini,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.
Murda topavermas ba’zan go’rini,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.
[Куплет]:
Bolangni ko’ziga qarolmaysan goh,
Og’ayning koriga yarolmaysan goh,
O’zingga yuz chidab so’rolmaysan goh,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.
O’zingga yuz chidab so’rolmaysan goh,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.
[Припев]:
Man-man degan yigitlar sinadi
Hayot zo’ridan,
Man-man degan yigitlar sinadi
Hayot zo’ridan.
[Проигрыш]:
[Куплет]:
Tashvishlar o’raydi to’rt tomoningdan,
Suyak chiqib qolar yeyar noningdan,
O’zingniki nogoh o’tar joningdan,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.
O’zingniki nogoh o’tar joningdan,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.
[Куплет]:
Atalaga ham goh botmaydi tishing,
Topilmay qoladi bir yo’qlar kishing,
Nomardu pastlarga tushadi ishing,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.
Nomardu pastlarga tushadi ishing,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.
[Припев]:
Man-man degan yigitlar sinadi
Hayot zo’ridan,
Man-man degan yigitlar sinadi
Hayot zo’ridan.
[Проигрыш]:
[Куплет]:
Xudo o’zi bilar kim qachon ketar,
Lekin dunyo kami diling xun etar.
Husningdan ayirar, kuning tun etar,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.
[Куплет]:
Orzu bog’i darddan beradi hosil,
.
O’ylayverib oxir bo’lasanku sil,
Osilsang ham yigit sal pastroq osil,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.
Osilsang ham Ruslan sal pastroq osil,
Yo’qchilik yiqitar yigit zo’rini.
[Припев]:
Man-man degan yigitlar sinadi
Hayot zo’ridan,
Man-man degan yigitlar sinadi
Hayot zo’ridan.
.
Hayot zo’ridan, hayot zo’ridan,
.
Hayot zo’ridan…
[Проигрыш]: