Eng gullagan yoshlik chog'imda,
Sen ochilding ko'ngil bog'imda.
Shunda ko'zim ko'rdi bahorni,
Shunda qalbim tanidi yorni.
[Припев]:
Shundan beri tilimda oting,
Shundan beri dilimda oting.
Eng gullagan yoshlik chog'imda,
Sen ochilding ko'ngil bog'imda.
Quchoq-quchoq gullar terganim
Va keltirib senga berganim.
Kechagidek hamon esimda,
Har soniya har on esimda.
[Припев]:
Shundan beri tilimda oting,
Shundan beri dilimda oting.
Eng gullagan yoshlik chog'imda,
Sen ochilding ko'ngil bog'imda.